Prezident farmonlari bilan poytaxt va viloyatlar hokimlari tayinlandi
Jamiyat
−
14 yanvar 2020
10714O‘zbekiston Respublikasining 12 ta viloyati va Toshkent shahar hokimini lavozimiga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyoning farmonlari qabul qilindi.
Jumladan, farmonlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlariga muvofiq:
Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga;
• Barnoyev O‘ktam Isoyevich Buxoro viloyati hokimi lavozimiga;
• Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga;
• Tursunov Qobul Beknazarovich Navoiy viloyati hokimi lavozimiga;
• Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Namangan viloyati hokimi lavozimiga;
• Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Samarqand viloyati hokimi lavozimiga;
• Mirzayev G‘ofurjon G‘aniyevich Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga;
• Bobolov To‘ra Abdiyevich Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga;
• Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga;
• G‘aniyev Shuhrat Madaminovich Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga;
• Ermanov Farxod O‘rozboyevich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga;
• Mirzayev Zoyir Toirovich Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga;
• Ortiqxo‘jayev Jahongir Obidovich Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan.
LiveBarchasi