Yurgen Klopp: “Futbolni tezroq qaytarish uchun bitta yo‘l bor”
Sport
−
28 mart 2020
6245Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalgani bois, futbold bo‘yicha barcha musobaqalar majburan vaqtincha to‘xtatildi. Mersisaydning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp koronavirusni yengib o‘tish va chempionatni tezroq davom ettirishning yagona yo‘lini aytdi.
“Koronavirus sabab to‘xtatib qo‘yilgan chempionatni tezroq davom ettirish uchun bitta yo‘l bor. Hukumat tomonidan joriy qilingan qonun qoidalarga rioya qilsak, ko‘chaga chiqmasdan uyda o‘tirib karantin amallarini bajarsak tezroq ushbu pandemiyadan xalos bo‘lamiz va chempionatni to‘xtatib qo‘yilgan joyidan kutilganidan barvaqtroq boshlashimiz mumkin. Ayni damda bundan yaxshiroq tanlovimiz yo‘q”, dedi Yurgen Klopp
Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 590 506 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 26 952 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 132 471 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi