Yurak operatsiyasini boshdan kechirgan Boyarskiy sahnaga qaytdi
Madaniyat-san’at
−
10 fevral
4338Rossiya xalq artisti Mixail Boyarskiy yurak operatsiyasini o‘tkazdi va oradan 1 oy o‘tib yana teatr sahnasiga qaytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, aktyorning operatsiyasi avvaldan rejalashtirilgan bo‘lgan. Ammo u bu haqda atrofidagilarga aytishni ma’qul ko‘rmagan. Xususan, u hozirda faoliyat yuritayotgan Lensovet teatri xodimlari Boyarskiy kasalxonada muntazam tekshiruvdan o‘tib turgani, lekin hech qanday operatsiya haqida gap bo‘lmaganini bildirgan.
Gap shundaki, 2023 yil 27 noyabrda san’atkor yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Bir kundan keyin xonandaning ahvoli barqarorlashgan. 4 dekabr kuni esa Mixail Boyarskiyga javob berilgan. U rafiqasi Larisa Luppian hamrohligida uyiga ketgan.
Yurak operatsiyasidan so‘ng aktyor Lensovet teatri sahnasiga qaytgani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyalik taniqli xonanda va bastakor Igor Nikolayev yurak xurujidan keyin birinchi marta ekranlarga qaytgandi.
LiveBarchasi