Yunusoboddagi uylarning birida yong‘in bo‘ldi

Jamiyat

image

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish barchaning burchidir. Zero, olov — tilsiz yov deb, bejiz aytilmagan. 

Kecha, 28 oktyabr kuni soat 12:54 da Toshkent shahrining Yunusobod tumani Xushnavo 4-tor ko‘chasi 48-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Davlat yong‘in xizmati xabar bermoqda. 

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 6 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 13:17 da o‘rab olinib, soat 13:22 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining 60 kvadart metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan uyning 120 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bo'ldi Yunusoboddagi xonadonlarda birida yong'in

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing