75 yoshli ayol birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Olam

image

Hindistonning Rajastan shtatida yashovchi Prabha Devi 75 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi va u tarixdagi eng keksa onalardan biri bo‘ldi. Bu haqda Sun xabar bermoqda.

Bolaning otasi 80 yoshda. Qizaloq homiladorlikning yettinchi oyida tug‘ilgan, vazni 700 grammdan kamligi uchun  shifokorlar uni kesarcha usulda ona qornidan oldi. 
"Homiladorlik paytida asoratlar bo‘lgan, shuning uchun biz kesarcha usulni  o‘tkazishga qaror qildik. Biz onalar va bolalarning hayotini xavf ostiga qo‘yolmadik", deydi doya Abhilasha Kinker.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. U kerakli vaznga ega bo‘lmaguncha shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi. Chaqaloqning onasi tabiiy yo‘l bilan tug‘ish uchun bir necha yillik muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, IVF bilan maqsadiga erishdi.

Oilaning asrab olingan farzandi borligiga qaramay ayol farzand dunyoga keltirish orzusidan voz kechmadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Hindistonda 75 yoshli ayol ona bo'ldi

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing