Yunusobodda yashovchi fuqaroda kuydirgi aniqlanganiga munosabat bildirildi

Salomatlik

image

Avvalroq, Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda kuydirgi kasalligi aniqlangani haqida xabar bergan edik. Bunday ma’lumotni epidemiolog Lola Umarova bildirgandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati kuydirga aniqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, Lola Umarova tasdiqlanmagan ma’lumotni taqdim etganini e’lon qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 avgust kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 26-sonli oilaviy poliklinikada “Kuydirgi kasalligining tabiiy o‘choqlaridan kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan. 

Unda epidemiolog mutaxassis tomonidan intervyuda 2022 yil davomida Yunusobod tumanida yashovchi bir nafar fuqaroda mazkur xastalik aniqlanganiga doir tasdiqlanmagan ma’lumot berilgan.

Vaholanki, joriy yil 2 fevral kuni kuydirgi kasalligiga gumonlanib tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda chuqurlashtirilgan laborator tekshiruvlar natijasida xastalik o‘z tasdig‘ini topmagan.

Umuman, joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahrida birorta kuydirgi kasalligiga chalinish holati qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

748

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing