Yunusobodda IIBB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida mojaro yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari orasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Video avtomobil ichidagi guvoh tomonidan suratga olingan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, kecha, 13 dekabr kuni taxminan soat 15:00 da Yunusobod tumani IIO FMB 5-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari podpolkovnik Sh.Alimqulov va kapitan D. Majidovlar “Universam” savdo kompleksi yaqinidagi yer osti yo‘lagida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi ayol, erkak va yigitni ko‘rishgan. Xodimlar boshqa fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘diruvchi shaxslarga nisbatan chora ko‘rish haqidagi ko‘p marta murojaat qilganiga qaramay ular yer osti yo‘lagida savdo mollarini terib qo‘ygan.

Mazkur shaxslar noqonuniy savdoni to‘xtatib, savdo mollarini yig‘ishtirish va yo‘lakni fuqarolar uchun bo‘shatish to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga rad javobini berishgan. Savdo qoidalarini buzish uchun qonun bilan belgilangan javobgarlik haqidagi ogohlantirishlarga ayol va erkak qo‘pol tarzda javob berib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini aytgan.

“Bundan tashqari, ular janjal ko‘tarib atrofdagilarning e’tiborini tortishdi, ularning o‘g‘li bo‘lgan yigit esa xizmat burchlarini ado etayotgan ichki ishlar organlari xodimlari bila mushtlashmoqchi bo‘ldi. Voqea joyiga patrul-post xizmati xodimlari yetib kelishganda ham yigit huquqbuzarlikni bas qilmasdan patrul-post xizmati xodimini yuzidan urgan”, deyiladi IIBB xabarida.

Shu sababli xodimlar yigitning qo‘llariga kishan solishga majbur bo‘lishgan va uch nafar tartibbuzarning shaxslarni aniqlash va keyingi surishtiruvlar uchun 5-son IIBga olib ketilgan. Yer osti yo‘lagida noqonuniy savdo qiluvchi shaxslar tomonidan kelib chiqqan tartibbuzarlik va noqulayliklardan norozi bo‘lgan o‘ndan oshiq hodisa guvohlari ko‘rsatma berish maqsadida ichki ishlar bo‘limiga ixtiyoriy ravishda yetib kelishgan.

Huquqbuzarlar – Navoiy viloyatilik 43 yoshli Akromjon va 42 yoshli Xolisxon Turdiyevalar va ularning o‘g‘li 19 yoshli Abdurahim Xidirov ekanligi aniqlangan.

“Shuningdek ma’lum qilamizki, internet tarmog‘ida tarqagan videoda ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini buzishni bas qilish haqidagi talablariga bo‘ysinmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan Abdurahim Xidirovning qo‘lga olinishi tasvirga tushgan. Yerda yotgan ayol – 42 yoshli Xolisxon Turdiyeva savdo mollari sumkasining ustiga yotib, xodimlar uni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda”, deydi IIBB.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Yunusobod tumani

Baholaganlar

420

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing