Yunusobodda haydovchi piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 22:30 da Yunusobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 36 yoshli Oybek S. piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida 59 yoshli Rahim Z. tan jarohati olgan. Fuqaro tan jarohatlari sababli shifoxona hayotdan ko‘z yumgan.

Ta’kidlanishicha, YTHga haydovchi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Yunusobod

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing