Toshkentdagi yangi “Business city”larning maketi taqdim etildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 11 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida barpo etilishi ko‘zda tutilgan “Business city” loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlar, investorlar, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hokimlari, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi. 

“Mirzo Ulugbek Business City” loyihasi Amir Temur maydonidan Mustaqillik va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari bo‘ylab 6.5 km masofada amalga oshiriladi. “Yunusobad Business City” loyihasi esa Yangi Shahar va Chinobod ko‘chalari kesishmasida joylashgan.

Tadbirda yangi qurilajak “Business city”lar birlamchi maketi taqdim etildi. 

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha

 

Yunusobod tumani bo‘yicha 

Mazkur loyihalar doirasida zamonaviy «aqlli» uskunalar bilan jihozlangan mehmonxonalar, ko‘p qavatli turar-joy binolari, chakana savdo do‘konlari, ko‘p tarmoqli majmualar, idoralar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, qo‘p qavatli avtomobillar uchun to‘xtash joylari va qulay yo‘lovchilar o‘tish yo‘laklari qurilishi ko‘zda tutilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Business city

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing