Yunusobod tumanida ayol kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

3-sahifa

image

Bugun, 12 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Shahriston bekati oldida odam o‘ldirib ketilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur voqea yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 12 dekabr kuni Yunusobod tumani, Gisar ko‘chasida shaxsi noma’lum yoshi taxminan 35-40 lardagi osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.  

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni damda jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod qotillik

Baholaganlar

1181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing