Yunusobod tumani va Sebzorni bog‘lovchi ko‘prik qisman yopildi
Jamiyat
−
30 noyabr 2020 5974 1 daqiqa
Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining Sebzor mavzesidan Yunusobod bozori tomon yo‘nalgan yo‘l o‘tkazgichda bir haftaga avtomobillar harakati qisman cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimigi xabar berdi.
Bildirilishicha, yo‘l o‘tkazgich yo‘l ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida qisman yopiladi. Avtomobillar harakati joriy yilning 6 dekabriga qadar yo‘lning bitta harakatlanish qismida amalga oshiriladi.
Hokimlik tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Live
Barchasi