Yunusobod prokurori Toshkent shahar prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
08 fevral 2022
7879Toshkent shahar Yunusobod tumani prokurori Habibulla Mirsoatov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Habibulla Qudratullayevich Mirsoatov Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlagan Olimjon Abullayevich Azimov esa Yunusobod tumani prokurori lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Habibulla Mirsoatov O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Mirsatovich Rafiqovning o‘g‘li.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, so‘nggi vaqtlarda Yunusobodda “snos” ishlari avjiga chiqdi. Xususan, 2018 yilning 24 avgust kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov tumanning Moyqo‘rg‘on ko‘chasi 6-uy oldida Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyiha asosida 0,20 gektarli (chegara rejasiga asosan) “ASIA GAMMA LINE” MCHJga bolalar bog‘i tashkil qilish va uning tarkibida yengil turdagi oynavand ko‘rinishdagi savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va xizmat ko‘rsatish maskanlarini o‘rnatishga ruxsat berish haqidagi qarorni imzolagani, tadbirkorlar esa shu qaror asosida qurilish ishlarini olib borgani, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari allaqachon ish boshlab, oradan vaqt o‘tgach, joriy yilning 25 yanvar kuni inshootlarni buzishga kirishilgani, “snos” jarayonida prokuratura, hokimlik vakillari tomonidan hech qanday ogohlantirish xati yoki sud qarori taqdim etilmagan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev masalaga munosabat bildirib, qonunchilikka ko‘ra, noqonuniy bino va inshootlar qanday tartib buzilishi kerakligini tushuntirgandi hamda Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligidan “snos”ga bosh-qosh bo‘lgan xodimlariga nisbatan chora ko‘rishni talab qilgandi.
LiveBarchasi