“Yunayted” to‘pni nazorat qilish ustida ishlashi kerak – Erik ten Xag

Sport

image

“Manchester Yunayted” “Arsenal” kabi uzoq vaqtdan buyon shakllanib kelayotgan jamoa emas. “Yunayted” to‘pni nazorat qilish ustida ko‘proq ishlashi kerak. Bu haqda “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag “Arsenal”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Arsenal”ning hujumlari haqida qayg‘urmadim. Raqibimiz ijodkor bo‘lsa-da, himoyamiz yaxshi o‘ynay olishini bilardim. “Manchester Yunayted” bundan ham yaxshiroq natija ko‘rsatishi mumkin edi. Lekin biz “Arsenal” kabi uzoq vaqt birgalikda ishlagan jamoa emasmiz. Bir-birimizni tushunsak, o‘yinni yaxshiroq nazorat qila olamiz. Biz yaxshi reja o‘ylab qo‘ygandik. Biroq buni maydonda amalga oshira olmadik. O‘yinni nazorat qilishimiz kerak bo‘lgan vaqtda ayrim xatolarga yo‘l qo‘ydik. Muammolarga duch keldik va kurashdik. Albatta, buni ko‘rish yaxshi. Menga shunday xarakter yoqadi.

 “Arsenal” yaxshi o‘ynadi, lekin biz yaxshi himoyalandik. Raqib juda ko‘p harakatlandi va ijodkorlik ko‘rsatdi. Biroq biz o‘n bir futbolchi bilan bir jamoa bo‘lib harakatlandik. Bundan keyin raqiblarimizga ko‘proq bosim o‘tkazishimiz mumkin. To‘pni ko‘proq nazorat qilish qo‘limizdan keladi va buning ustida ko‘proq ishlaymiz”, degan “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasining 6-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Musobaqa jadvalida  15 ochko to‘plagan "Arsenal" peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Yunayted" 12 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Erik ten Xag “Manchester Yunayted” “Arsenal”

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing