Yumshoq kuch: Putin MDH Prezidentlaridan yangi taklifini qo‘llashni so‘ramoqda

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarni Rossiyaning insonparvarlik tashabbuslarini amalga oshirishda, xususan, Yevroosiyo kinoakademiyasi va kino mukofotlarini yaratishda ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda u kecha, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida so‘z ochgan. 

“Shuningdek, Rossiya tomonidan Yevroosiyo kinoakademiyasini tashkil etish va Yevroosiyo kino mukofotini ta’sis etish, “Intervideniye” xalqaro mashhur qo‘shiq tanlovini qayta tiklash bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarni eslatib o‘tmoqchiman. Men sizning ijobiy munosabatingizga ishonaman”, degan Putin. 

U barcha Hamdo‘stlik davlatlarini ushbu loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga taklif qilishini qo‘shimcha qilgan.  

“O‘ylaymanki, bu barcha mamlakatlarimiz xalqlari uchun qiziqarli, ma’rifiy va foydali bo‘ladi”, deydi Prezident. 

Putin gumanitar hamkorlik haqida gapirar ekan, 13 oktyabr kuni Bishkek sammitida Xalqaro rus tili tashkilotini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolanganini eslatdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, shtab-kvartirasi Sochida joylashgan ushbu tuzilma rus tilini nafaqat MDHda, balki uning chegaralaridan tashqarida ham targ‘ib qilish uchun mo‘ljallangan.  

“Ushbu hujjatni, ushbu shartnomani tayyorlash jarayonida rus tili postsovet hududidagi eng muhim mustahkamlovchi hujjat, MDH davlatlarining yuz millionlab aholisi uchun o‘zaro tushunish va erkin muloqot kaliti ekanligini hamma tan oldi”, deb ta’kidlagan Rossiya rahbari. 

Umuman olganda, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining fikricha, gumanitar hamkorlik izchil va muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hudud ko‘p asrlik umumiy tarixga va madaniyatlarning chuqur o‘zaro bog‘lanishiga asoslanadi.  


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made