Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir Hukumat qarori qabul qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab:

Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi.

Avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibida yoki shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda kechadi. 

Ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslar bevosita qatnov yo‘liga chiqishdan oldin texnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan o‘tkaziladi.

Smenalar o‘rtasidagi dam olish vaqti 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilmaydi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa bunday avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi.

Xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtomobillarga hamrohlik qilish bepul amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Huquqiy axborot

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing