OTMga o‘qishga kirish uchun hujjat qabul qilish reglamenti tasdiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 7 iyun kuni Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
 
Unga muvofiq, abituriyentlar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan oliy ta’lim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirishi mumkin va ushbu oliy o‘quv yurtlari ro‘yxati haqida 5 kunlik muddatda taklif Davlat komissiyasiga kiritilishi  lozim.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha abituriyentlarning doimiy ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar qabul qilinadi.

Boshqa oliy o‘quv yurtlariga hujjatlar oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Huquqiy axborot

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing