Yo‘lovchi va yuk tashuvchi kompaniyalar xodimlari har 5 yilda attestatsiyadan o‘tishi bekor qilinadi
Jamiyat
−
30 iyun 2021
2724O‘zbekistonda avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda “Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra:
- yo‘lovchilar va yuklarni avtomobilda tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xodimlariga nisbatan litsenziyalar olish uchun hujjatlar taqdim etish va avtomobilda tegishli tashishlarni amalga oshirish uchun har besh yilda attestatsiyadan o‘tish talablari bekor qilinadi;
- yo‘lovchilar va yuklarni avtomobilda tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlarining bilimi, malaka darajasi va kasbiy mahorati kamida har uch yilda bir marta o‘z malakasini oshirganligi aniqlanadi;
- yo‘lovchilar va yuklarni avtomobilda tashish ushbu sohada kamida 3 yil ish stajiga, avtomobil yoki texnik yo‘nalishda oliy kasbiy ma’lumotga va malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomondan amalga oshiriladi;
- avtomobil yoki texnik yo‘nalishda oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lish sharti maxsus uskuna bilan jihozlangan avtotransportda maishiy chiqindilarni tashish va kommunalka xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Qarorga ko‘ra, ta’lim muassasalarida malaka oshirish kursi bitiruvchilariga elektron sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish maqsadida “Elektron sertifikatlar repozitoriysi” tizimi yaratiladi.
LiveBarchasi