Yo‘lovchi poyezdida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Olam

image

Rossiyada “Novosibirsk – Barnaul” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Janjalda 14 nafar yo‘lovchi ishtirok etdi. Bu haqda Rossiya IIVning Sibir federal okrugi bo‘yicha boshqarmasi vakili ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.

Boshqarma vakilining qayd etishicha, hodisada hech kim jabrlanmagan, 12 kishi qo‘lga olingan. Yana ikki kishining shaxsi aniqlanyapti.

Janjalda qo‘lga olingan 12 yo‘lovchi va shaxsi aniqlanmagan ikki yo‘lovchi o‘rtasida kelib chiqqan. Qo‘lga olinganlarning ba’zilari mastligi yaqqol ko‘ringan. Ular tekshiruvdan o‘tkazish uchun jo‘natilgan. Qo‘lga olinganlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, shunga ko‘ra chora ko‘rish rejalashtirilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya janjal poezd

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing