Yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Eronda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Oqibatda 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YJC axborot agentligi rasmiylarga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Janubiy Xuroson viloyatida yuz bergan va bunga poyezd hamda ekskavatorning to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.

Viloyatdagi Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdda 430 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

“Hodisa oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan, biroq hozirda qutqaruv xizmatlari mashinalarning boshqa qismlarini o‘rganayotgani sababli ularning soni ortishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq, “Tasnim” agentligi poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani va 50 ga yaqin kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni Xitoy janubidagi Guychjou provinsiyasida tezyurar yo‘lovchi poyezdi qisman relsdan chiqib ketgandi. Oqibatda mashinist halok bo‘ldi, 8 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing