Yulduzlar jamoasi uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPRO) 2025 yilgi World 11 yulduzlar jamoasiga 26 nafar nomzodning ro‘yxatini e’lon qildi.

26 kishidan iborat ro‘yxatda argentinalik Lionel Messi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, “Oltin to‘p” sohibi Usmon Dembele hamda “Barselona”ning yosh iqtidor sohibi Lamin Yamal ham nomzodlar qatoridan joy olgan. Yakuniy 11 futbolchini aniqlash uchun 68 mamlakatdan 26 000 dan ortiq professional futbolchi yilning eng yaxshi erkaklar va ayollar terma jamoasi uchun ovoz beradi.

2025 yilgi ro‘yxatga kiritilgan o‘yinchilar 2024 yil 15 iyuldan 2025 yil 3 avgustgacha bo‘lgan davrda kamida 30 ta professional o‘yinda ishtirok etgan bo‘lishi kerak. FIFPRO tarixida Messi 17, Ronaldu esa 15 marotaba World 11 jamoasiga kiritilgan.

Eng ko‘p ovoz olgan bir darvozabon, uch himoyachi, uch yarim himoyachi va uch hujumchi joriy yilning 3 noyabr kuni e’lon qilinadigan yakuniy World 11 jamoasiga kiritiladi.

To‘liq nomzodlar ro‘yxati:

  • Darvozabonlar:
  1. Alisson Bekker (“Liverpul”, Braziliya);
  2. Tibo Kurtua (“Real Madrid”, Belgiya);
  3. Janluiji Donnarumma (PSJ – “Manchester Siti”, Italiya);
  • Himoyachilar:
  1. Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul” / “Real Madrid”, Angliya);
  2. Pau Kubarsi (“Barselona”, Ispaniya);
  3. Virjil van Deyk (“Liverpul”, Niderlandiya);
  4. Ashraf Hakimӣ (PSJ, Marokash);
  5. Markinos (PSJ, Braziliya);
  6. Nunu Mendesh (PSJ, Portugaliya);
  7. Uilyam Saliba (“Arsenal”, Fransiya);
  • Yarim himoyachilar:
  1. Jud Bellingem (“Real Madrid”, Angliya);
  2. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti” / “Napoli”, Belgiya);
  3. Luka Modrich (“Real Madrid” / “Milan”, Xorvatiya);
  4. Joau Nevesh (PSJ, Portugaliya);
  5. Koul Palmer (“Chelsi”, Angliya);
  6. Pedri (“Barselona”, Ispaniya);
  7. Federiko Valverde (“Real Madrid”, Urugvay);
  8. Vitinya (PSJ, Portugaliya);
  • Hujumchilar:
  1. Usmon Dembele (PSJ, Fransiya);
  2. Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya);
  3. Kilian Mbappe (“Real Madrid”, Fransiya);
  4. Lionel Messi (“Inter Mayami”, Argentina);
  5. Rafinya (“Barselona”, Braziliya);
  6. Krishtianu Ronaldu (“Al-Nasr”, Portugaliya);
  7. Muhammad Saloh (“Liverpul”, Misr);
  8. Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya).

Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu FIFPRO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing