Sud Yulduz Usmonovaning apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 18 yanvar kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan Yulduz Usmonovaning apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugadi. Sudning ajrimiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2021 yil 29 oktyabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi. 

Ma’lumki, 2021 yilning 20 sentyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyev javobgar – O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga nisbatan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi.

O‘tgan yilning 29 oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

Bugun Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugadi. Sudning ajrimiga ko‘ra, da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevning javobgar Yulduz Usmonovaga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2021 yil 29 oktyabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori hamda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protest) berilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Usmonova

Baholaganlar

750

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing