Yulduz Usmonova Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga atab qo‘shiq kuyladi

Madaniyat-san’at

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga atab qo‘shiq kuyladi. Qo‘shiq va unga ishlangan videorolikni xonanda Instagram va YouTube’dagi sahifasiga joylashtirdi. 

Videorolik Prezident Mirziyoyevning poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan kartejini ko‘rsatishdan boshlanadi. 

Qo‘shiqda shunday so‘zlar bor: 

Xalq o‘z ishonganin ishonar sizga, 
Suyib saylanganin inonar sizga.
Xalq o‘z ishonganin ishonar sizga, 
Xalqning nodir mulki himoyangizda.

Sabotning qanoti qayrilmasin hech, 
Yigit ee mehridan ayrilmasin hech.

Vatanni, yurtboshini qo‘riqlaydi chindan,
Mard yigitlar, mard o‘g‘lonlaring.
Yurtini, yurtboshini sevadi yurakdan,
Mard yigitlar, mard o‘g‘lonlaring.

Ismingiz fidoiy, nasibangiz mard, 
Ertak nomingizga qo‘ndirmaysiz gard.
Kechalar uyqusiz, bedor saharda,
Yurtboshiga hamroh yurtda, safarda. 

Xushyorsiz joningiz garov, xatarda, 
Siz Vatan yuragi, qalqonlarisiz. 
Bugun qutlar sizni millat va davlat, 
Siz davlat yuragi qalqonlarisiz. 

Videorolik so‘ngida qayd qilinishicha, qo‘shiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni munosabati bilan kuylangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Usmonova

Baholaganlar

2149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing