Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlaridan uzr so‘radi (video)
Madaniyat-san’at
−
04 may 2020
65489O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar xodimlariga qaratilgan haqoratlari bugun mamlakatda kun tartibiga chiqdi. Mazkur holatga nisbatan Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirganicha yo‘q, ammo Madaniyat vazirligi Usmonovaga nasihat tarzidagi “munosabat”ni e’lon qildi.
Oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kecha Instagram sahifasidagi jonli muloqotidagi haqoratlari uchun uzr so‘radi.
“Hurmatli Ichki ishlar vazirligi xodimlari. Hammangizdan ulug‘ ayyom kunlarida dilingizni og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Lekin hammamizda ayb bor. Men xotin kishiman, lekin men aybsiz, ko‘rmagan joyimga, ko‘r ko‘zlarim bilan gapirmayman. Ko‘rganim uchun gapirdim. Ko‘rganlarim uchun, gapirganim uchun uzr so‘rayman”, deydi Usmonova.
Xonandaning uzrida ham kinoya bor. U gaplari uchun uzr so‘rab, Ichki ishlar xodimlari haqidagi fikrida sobit qolayotgandek.
LiveBarchasi