Yo‘l chetida uy sharoitida tayyorlangan salqin ichimliklar sotish mumkinmi?

Jamiyat

image

Yoz faslida yo‘l chetida uy sharoitida tayyorlangan ayron, go‘ja yoki salqin ichimliklar sotish mumkin emas. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi Bosh inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Yoz faslida yo‘l chetida uy sharoitida tayyorlangan ayron, go‘ja yoki salqin ichimliklar sotish mumkinmi?

"Yo‘q, mumkin emas. Ruxsat etilmagan katta yo‘l yoqalari, noturg‘un joylarda barcha turdagi mahsulotlarni, jumladan uy sharoitida tayyorlangan salqin ichimliklar, bochkalardagi morslar, freyzerda quyib beriladigan muzqaymoqlar qat’iyan man etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 378- va 251-sonli qarorlariga muvofiq noqonuniy ko‘cha savdosi nazorati soliq organlariga yuklatilgan", deydi Nurmat Otabekov.

Karantindan chiqqan fuqaro bilan qo‘l berib ko‘rishish mumkinmi?

"Nafaqat karantin zonadan kelgan, balki boshqa insonlar bilan ham qo‘l berib, quchoqlashib, bosh urishtirib va o‘pishib ko‘rishish mumkin emas!", deydi Nurmat Otabekov.

Avvalroq, AOKA shtabida karantin vaqtida MIB odamlarning uyidagi mol-mulkini xatlashga haqqi bor yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

AOKA Nurmat Otabekov Uy sharoitida tayyorlangan ichimliklar

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing