Yuk va yengil avtomobillar to‘qnashuvida 6 yashar qizaloq qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 12 sentyabr kuni soat 11:30 larda Qashqadaryo viloyatida yuk va yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH Nishon tumani hududidan o‘tgan  4K-333 “Nishon-Gres” avtomobil yo‘lining  5-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan O.Q. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan ketayotgan piyodani urib yubormaslik maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 6 yoshli Sh.U. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari 24 yoshli Sh.A. va 69 yoshli A.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida,  “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobil haydovchisi O.Q. bir yil davomida ikki marotaba, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi Sh.T. esa bir marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Nishon

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing