“Yo‘qotilgan jannat”, “Pandemiya kabutarlari” va “Birinchi quchoqlash” – yilning eng yaxshi 15 fotosi

Bu qiziq

image

Fotojurnalistika olamidagi Oskar mukofotlari egalari – “World Press Photo Awards” mukofotlari nomlari ma’lum bo‘ldi. Tanlovga 130 mamlakatdan 4315 fotosuratchining 74 470 ta fotosurati taqdim etildi. Yilning asosiy vizual fotolari – QALAMPIR.UZ to‘plamida.

Yil fotosurati Dane Mads Nissenning “Birinchi quchoqlash” asari bo‘ldi. San-Paulu shahridagi qariyalar uyida yashovchi 85 yoshli Roza uchun quchoqlash besh oy ichidagi birinchisi edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli barcha ijtimoiy muassasalar yopildi, qarindoshlarnikiga tashrif buyurishning iloji bo‘lmadi.

Mutaxassislar “Yo‘qotilgan jannat” asarini “RIA Novosti”ning maxsus fotomuxbiri Valeriy Melnikov tomonidan “Eng yaxshi yangiliklar” nominatsiyasida eng yaxshi asar deb topdi. Surat 2020 yil sentyabr-noyabr oylarida Tog‘li Qorabog‘dagi qurolli to‘qnashuvga bag‘ishlangan.

“Ochlik, urushning yana bir jarohati”. Argentinalik fotosuratchi Pablo Toskoning surati hozirgi zamon muammolari nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Suv bosgan oroldan jirafalarni qutqarish” amerikalik Ami Vitalega tabiat nominatsiyasida g‘alaba keltirdi.

“Hozirgi zamon muammolari” nominatsiyasida birinchi o‘rinni rossiyalik Aleksey Vasilev Yakutiyaga bag‘ishlangan “Saxavud” fotosurati bilan qo‘lga kiritdi.

“Breaking News” nominatsiyasida birinchi o‘rin Lorenso Tugnoliga “Beyrut portidagi portlash” asariga nasib etdi.

Falastinlik mahbuslarning xotinlari va onalariga bag‘ishlangan Antonio Faksilongoning “Habibi” asari “Yilning hikoyasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Qolganlar chempion bo‘ladi”. Sport turkumidagi birinchi o‘rin kanadalik Kris Donovanga nasib etdi.

“Qullikdan qutulish yodgorlik mojarosi” uchun “Breaking News” nominatsiyasida yana bir g‘oliblikni amerikalik Evelin Xokstayn egalladi.

“Atrof-muhit” nominatsiyasida mukofot amerikalik fotograf Ralf Peysga “Kaliforniyalik dengiz sherining niqob bilan o‘ynashi” asari uchun berildi.

“Atrof-muhit” toifasida birinchi o‘rin “Olovdagi Pantanal” fotohikoyasi uchun braziliyalik Lalo de Almeydaga nasib etdi.

“Tabiat” nominatsiyasidagi mukofot hakamlar hay’ati tomonidan “Pandemiya kabutarlari – sevgi tarixi” asari uchun niderlandiyalik Yasper Doestga berildi.

“Portretlar” toifasidagi g‘alabani italiyalik Gabriyele Galimberti “Amerika pushkalari” bilan nishonladi.

“Sport” toifasidagi yana bir sovrinni Avstraliyaga “Bouldering on logs” fotosurati muallifi Adam Pretti olib keldi.

QALAMPIR.UZ versiyasiga ko‘ra, Qirg‘izistonning Sokuluk qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan qadimgi ko‘chmanchilarning ko‘k-boru o‘yini.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing