Yo‘qolib qolgan Jek Ma 3 oydan so‘ng ko‘rinish berdi
Olam
−
20 yanvar 2021
4961Xitoyning Internet-chakana savdo giganti – Alibaba asoschisi Jek Ma qariyb uch oy ichida birinchi marta jamoatchilik oldida chiqish qildi. 20 yanvar kuni u Xitoyning qishloq o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan onlayn-tadbirda video aloqada gapirgan. Bu ma’lumotni biznesmen va fintech gigant Ant Group (Alipay xizmatiga egalik qiluvchi Alibaba bo‘limi) fondining vakillari tasdiqlagan.
Maning nutqini Twitter’da Xitoyning “Global Times” davlat gazetasi jurnalisti joylashtirdi.
“Men va mening hamkasblarim o‘qidik hamda o‘yladik, biz o‘zimizni ta’lim sohasidagi xayriya ishlariga bag‘ishlashga qat’iy qaror qildik”, deydi Ma o‘qituvchilarga.
U o‘z nutqi davomida, shuningdek, o‘qituvchilar uchun marosim odatda janubiy Xitoyning Sanya kurort shahrida o‘tkazilishini, ammo bu yil pandemiya sababli onlayn tarzda o‘tkazilishi kerakligini aytdi.
Jek Ma so‘nggi marta jamoatchilik oldida 2020 yil 24 oktyabrda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda ishbilarmon Shanxayda bo‘lib o‘tgan moliyaviy forumda Xitoy moliya sohasidagi yangiliklarni to‘xtatib turgan hokimiyatni tanqid qilgan edi.
LiveBarchasi