YTHlar YPX xodimi ishtirokisiz rasmiylashtiriladi
Jamiyat
−
13 fevral 2020 7113 1 daqiqa
Endilikda yo‘l-transport hodisalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga asosan yo‘l-transport hodisalarini rasmiylashtirishning “Yevroprotokol” tamoyillariga asoslangan soddalashtirilgan tartibi 2020 yil 1 mayga qadar amaliyotga joriy etiladi.
Loyihalarda:
• yo‘l-transport hodisalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi va kelib chiqqan zararni to‘lash shartlari;
• yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilmasdan, bu haqdagi ma’lumotlar (shu jumladan, suratga yoki videoga olish orqali) uning ishtirokchilari tomonidan xabarnoma blankasida aks ettirilishi va sug‘urta tashkilotlariga taqdim etilishi;
• yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalari sug‘urtalovchilar talabiga ko‘ra ko‘rikdan o‘tkazish yoki mustaqil texnika ekspertizasi uchun taqdim etilishi;
• yo‘l-transport hodisasini ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish yuzasidan to‘lanadigan sug‘urta tovonining cheklangan miqdorini belgilash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - IIV, Transport vazirligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025