YTH jabrlanuvchilarini qutqargan o‘zbekistonlik mukofotlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 avgust kuni O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev yo‘l-transport hodisasida jarohatlanganlarga yordam berishda mardonavor harakati uchun O‘zbekiston fuqarosi Danil Yo‘ldoshevga tashakkurnoma topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Danil Yo‘ldoshev insonlarni qutqarishda ko‘rsatgan jasorati va qat’iyligi uchun Perm o‘lkasi gubernatori Maksim Reshetnikovdan minnatdorlik xati olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgustda Perm viloyati Gayva shahrida yo‘nalishli avtobus YTHga uchragan. Avtobus do‘kon devoriga borib urilishi oqibatida uning eshiklari yopilib qoldi.

YTHda 1 kishi qurbon bo‘lgan va 32 kishi jarohatlangan. Voqea guvohi bo‘lgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Daniil Yo‘ldoshev darhol avtobus ichida qolgan odamlarni qutqarishga kirishgandi.

U avtobusning orqa oynasini sindirib, yaralanganlarni birma-bir olib chiqa boshlaydi. Undan tashqari Danil shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib yo‘ldan o‘tayotgan avtomobillarni to‘xtatib ulardan bemorlarni shifoxonaga olib borishni iltimos qiladi. Tez yordam yetib kelganda ham Daniil yordam berishda davom etadi.

Danil Toshkentda tug‘ilgan, uning yaqin qarindoshlari hali ham o‘sha yerda yashaydi. Danil 7 yildan beri Rossiyada yashab kelmoqda. U shu yerda o‘rta ta’lim olgan va hoizrda ishlaydi. Bo‘sh vaqtlarida boks bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya Bosh konsulxona

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing