YTH qurboni bo‘lgan ikki YPX xodimi “Jasorat” medali bilan mukofotlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. Ushbu farmon bilan o‘z xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar xodimlari ham “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Mukofotlangan uch nafar marhum ichki ishlar xodimlari orasida Toshkent shahrida 19 yoshli haydovchi Lacetti`da bosib ketgan Yo‘l-patrul xizmati xodimi Salim Umarov ham bor. 

30 yoshli Salim Umarov o‘limiga joriy yilning 1 yentyabr kuni Mirobod tumanida yuz bergan YTH sabab bo‘ldi.

Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov “Grand Mir” mehmonxonasi oldida 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvchidagi Captiva rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Serjant Umarov haydovchining hujjatlarini tekshirib, yo‘lning chetiga qarab yura boshlagan. Shu vaqtda Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 19 yoshli Temurbek M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Captiva bilan to‘qnashgan va inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirib, YPX xodimini bosib ketgan.

YTH bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 31 yoshli profilaktika inspektori Ravshan Boqiyev ham xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgandi. U ham "Jasorat" medali bilan mukofotlandi

YTH joriy yilning 1 sentyabr kuni soat 23:00 atrofida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan. Tumandagi Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Ravshan Boqiyev tuman hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lida xizmat vazifasini o‘tayotgan bo‘lgan. Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan Damas avtomashina haydovchisi profilaktika inspektori va 2 nafar fuqaroni urib yuborgan. 

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Ravshan Boqiyev  vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Salim Umarov Ravshan Boqiev

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar