YTH bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlayotgan shifokor $1000 pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kimga shikast yetmagani bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘rilab bermoqchi bo‘lgan shifokor ming dollar pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Urganch tez tibbiy yordam boshqarmasi markaziy poliklinikasi shifokori A.S. fuqaro T. boshqaruvidagi avtotransport vositasida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida hech kimga shikast yetmagani haqidagi hujjatlarni haydovchining foydasiga hal qilib berishini aytgan.

Shuningdek, u mazkur masala yuzasidan tekshiruv harakatlarini o‘tkazayotgan Ichki ishlar boshqarmasi tergovchisini ham javobgarlikka tortmaslikka ko‘ndirib bermoqchi bo‘lgan.

Shifokori A.S. barcha “xayrli” xizmatlari evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida esa ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing