YPX xodimlarining piyoda ishlash tizimi bekor qilinadi
Jamiyat
−
26 yanvar 2021
150862021 yilda yo‘l-patrul xizmati xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib boradigan bo‘ladi.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi sohasida shuningdek, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham bo‘lgan, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh joriy qilinadi.
Hozirda kiyim-bosh namunalari sinovdan o‘tkazilyapti. Sinov muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
LiveBarchasi