YPX xodimlari haydovchini urgani haqidagi xabarlar bo‘yicha YHXBB ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 4 nafar yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchini urgani haqida xabar tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 14 iyul kuni soat 16:00 larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari I.Tashmatov va S.Begmatov “A.Turbanov” YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqtda Isuzu rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysinmay harakatda davom etgan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida transport vositasi to‘xtatilgan va tekshirish davomida haydovchining hujjatlari to‘liq emasligi aniqlangan.

Haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135, 194-moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX

Baholaganlar

244

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing