YPX xodimining ratsiyasini olib qochib ketgan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Farg‘ona shahrida Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib qochib ketgani xabar qilingandi. Endilikda mazkur holat bo‘yicha sud haydovchiga jazo tayinlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

“Jamoat joyida haqoratli so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmagan hamda IIO xodimiga tegishli maxsus vositani olib, ketib yuborgan fuqaro M.Sh.ning qilmishi to‘plangan hujjatlar asosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda. 

Sud M.Sh.ga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini qo‘llashga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Damas avtomashinasi haydovchisi YPX xodimini bosib ketgandi. Ushbu haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing