YPX xodimi ichida og‘ir kasal borligi aytilgan tez yordam mashinasiga “migalka”ni yoqmagani uchun chora ko‘rdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 10 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda YPX xodimi ichida og‘ir kasal borligi aytilgan tez yordam mashinasiga “migalka”ni yoqmagani uchun chora ko‘rgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga O‘zbekiston Respublikasi IIVning Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi izoh berdi.

Mazkur holat holat 2019 yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, Damas rusumli avtomobil haydovchisi 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” belgisining ta’sir doirasida ma’lum muddat to‘xtab, so‘ngra harakatlangan vaqtda YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan va Yo‘l harakati qoidalarining 25-bandi ikkinchi xatboshisi (boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishlari uchun bunday transport vositalarida ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart) haqida haydovchiga eslatilgan. 

Tekshiruv davomida haydovchining me’yoriy hujjatlari to‘liq emasligi ma’lum bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqda ushbu tez tibbiy yordam avtomobilida og‘ir bemor borligi aytilgan. Videoda ko‘ringanidek, avtomobilda bemor yo‘lovchi bo‘lmagan. Surxondaryo viloyati IIB YHXB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ham avtomobilda bemor yo‘lovchi bo‘lmagani o‘z tasdig‘ini topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

719

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing