YPX inspektorlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilyapti
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
9874Bugun, 29 dekabrdan Toshkentda Yo‘l-patrul xizmati xodimlari sinov tariqasida yangi namunadagi zamonaviy, texnologik matodan tayyorlangan xizmat kiymida faoliyat olib borishadi.
Yangi namunadagi kiyimlar hozircha qish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, havoni yaxshi o‘tkazuvchan, ammo qor va yomg‘irdan yaxshi himoyalovchi texnologik matodan tayyorlangan.
Kiyimdagi nur qaytaruvchi mato va chiziqlar kunduzgi hamda tungi vaqtda yo‘l harakati ishtirokchilari uchun ko‘rinuvchanlikni oshirib, ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, xodimlarga harakat ishtirokchilariga ishora berish uchun foydalaniladigan “Jezl” moslamasi ham berilgan. Unda ikki xil rangda yonuvchi chiroq, tungi vaqtda yoritish uchun fonar xamda xushtak chalish imkoniyati ham mavjud.
Sinov muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda mamlakat bo‘ylab YPX inspektorlariga tarqatish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi