Haydovchi YPX xodimidan dislokatsiya ko‘chirmasini talab qilishi mumkinmi?

Jamiyat

image

Yo‘l patrul xodimi xizmati tomonidan transport vositasi hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha choralar ko‘riladi. 

Qoidalar buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, yo‘l patrul xizmati xodimi haydovchiga dastlab aynan sodir etgan qoidalar buzilishini tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘radi.

Transport vositasi to‘xtatilganida haydovchi yo‘l patrul xizmati xodimi aynan to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi mumkin. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, YPX hodimining shu hududda xizmat o‘tayotganligi haqidagi dislokatsiyaning ko‘chirmasi bo‘lmasa, to‘xtatilgan haydovchining hujjatlarini tekshirish huquqiga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

YPX

Baholaganlar

1487

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing