YouTube yulduzi UFC’da jang qilishi mumkin

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt YouTube blogeri Jeyk Pol bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan mojaroga qaramay, uni tashkilot janglarida ishtirok etishi mumkinligini ma’lu qildi.

“Men bu bolani hatto tanimayman. Rostini aytsam, aynan shu yerda va hozir siz mendan u haqida oxirgi marta eshityapsiz. Men u bilan tugatdim. Unga UFC’da qatnashishiga ruxsat berardimmi? U nimani xohlasa, qila oladi. Bilmayman. Men bu hech qachon sodir bo‘lmaydi, deb o‘ylamayman”, deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning dekabr oyida Pol boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan jangda UFC sobiq chempioni Tayron Vudlini nokautga uchratib, o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini 5 taga yetkazib oldi. 

Shundan so‘ng, Pol promoushen yulduzi Xorxe Masvidalni agar Dana Uayt u taklif qilgan shartlarga rozi bo‘lsa, boks yoki MMA qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Jeyk Pol

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing