YouTube yulduzi sobiq UFC chempionini chuqur nokautga uchratdi (video)

Sport

Amerikalik YouTube-blogger Jeyk Pol aralash kurash (MMA) jangchisi Tayron Vudli bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilib, uni nokautga uchratdi va boks bo‘yicha navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

YouTube yulduzi Vudli bilan jangni oltinchi raundda muddatidan avval tugatishga muvaffaq bo‘ldi. Pol o‘ng qo‘li bilan raqibini chuqur nokautga uchratdi.

Pol ikkinchi marta Vudlini mag‘lub etdi. Birinchi jangida u hakamlar qarori bilan g‘alabaga erishgandi. Vudli UFC’dagi chiqishlari bilan tanilgan. 39 yoshli amerikalik yarim o‘rta vazn toifasida chempion bo‘lgan.

Dastlab, Pol britaniyalik professional bokschi Tommi Fyuri - mashhur og‘ir vaznli Tayson Fyurining ukasi bilan jang qilishi kerak edi. Biroq bloger jang arafasida raqibidan ayrildi. Vudli Fyurini almashtirishga rozi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

937

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing