YouTube videoxostingidagi RizaNova

Madaniyat-san’at

image

YouTube tarmog‘ida, MDH (SNG) davlatlaridagi musiqiy kanallar orasida ko‘rishlar soni jihatidan 1-o‘rinni, obunachilar soni jihatidan 3-o‘rinni egallab turibdi. Hozirgi kunda 6,3 milliarddan oshiq ko‘rishlar soni va 6,3 million obunachiga eka kanal. 

Shuningdek RizaNova brendi UzbekFilmsHD va YangiKulgu nomli kanallarning sohibi. Ularga to‘xtaladigan bo‘lsak:

UzbekFilmsHD kanali MDH davlatlaridagi “Filmlar va animatsiya” kanallari orasida obunachilar soni jihatidan 11-o‘rinni, ko‘rishlar soni jihatidan 24-o‘rinni egallab turibdi.

YangiKulgu kanali MDH davlatlaridagi “Yumor” kanallari orasida obunachilar soni jihatidan 22-o‘rinni, ko‘rishlar soni jihatidan 9-o‘rinni egallab turibdi.

RizaNova kanali 2013 yilning 24 martida Furqat Mo‘minov tomonidan tashkil etilgan. 

RizaNova hozirgi kunda 1800 dan ortiq san’atkor, rejissyor va prodyuser bilan hamkorlikka ega. Shuningdek, RizaNova kanali “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Zoʻr TV va Sevimli TV kanallari bilan hamkorlik qiladi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi mahsulotlari RizaNova va UzbekFilmsHD kanallarida joylanadi va YouTube tarmog‘idagi mualliflik huquqini himoya qiladi. 

Zoʻr TV va Sevimli TV kanallari uchun YouTube videoxostingida shu nom bilan kanallar ochilgan. Kanallar boshqaruvi RizaNova komandasi tomonidan yuritiladi.

Zoʻr TV kanali hozirgi kunda 2,2 million obunachiga, Sevimli TV kanali esa 890 ming obunachiga ega.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

RizaNova UzbekFilmsHD Sevimli TV Zoʻr TV

Baholaganlar

28

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar