“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi
3-sahifa
−
02 iyul 65390 1 daqiqa
Sud qarori bilan “Sevimli” telekanali Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish)ga muvofiq jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, muallif R. Xudoyberdiyevga tegishli musiqiy asarlar “Sevimli” telekanali tomonidan bir nechta telenovellalarda ruxsatisiz hamda tegishli shartnoma tuzmagan holda foydalanilgan hamda Splay va YouTube platformalari orqali barchaning e’tiboriga yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil davomida xonandalar Botir Qodirov, Sardor Mamadaliyev, bastakor Shahboz Nosirjonov, bloger Murodjon Yo‘ldoshev mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortilgandi.
Live
Barchasi