YouTube Rossiyada ishlay boshladi
Olam
−
09:46
1311
YouTube platformasi Rossiyadagi mobil qurilmalarda cheklovlarsiz ishlay boshladi. Bu haqda Blokirovkalarni monitoring qiluvchi “GlobalCheck” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda barcha mobil qurilmalarda xizmat cheklovlarsiz ishlamoqda. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Wi-Fi orqali ulanishda hali ham YouTube’dan foydalanish cheklanganini ta’kidlagan. Platformada kontentni ko‘rish bilan bog‘liq muammolar yozda boshlangandi. O‘shanda YouTube kompyuterlarda ishlamay qo‘ygan. Foydalanuvchilar saytga kirmoqchi bo‘lganida brauzer ulanish yo‘qligini ko‘rsatgan.
Iyul oyida Davlat dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksandr Xinshteyn yuklab olish tezligi 70 foizga tushishi mumkinligini aytgan. U bu chora hozircha mobil aloqaga ta’sir qilmasligini bildirgan. Avgust oyida “Roskomnadzor” YouTube’ga qarshi chora ko‘rishga “Rossiya va uning fuqarolariga hurmatsizlik, shuningdek, ko‘plab qonunbuzarliklar” ekanini ma’lum qilgan. Oktyabr oyida Xinshteyn “Rossiyada YouTube bloklanmagani”ni aytgan.
13 noyabr kuni “Mosfilm” direktori Karen Shanxazarov Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda YouTube sekinlashgani muammosini ko‘targan. Rossiya xalq artisti hozirgi vaziyatda platformani sekinlashtirish o‘rinsiz, degan fikrni bildirgan. Shaxnazarovga ko‘ra, Putin bunga javoban “YouTube’da har xil jirkanchliklar bo‘ladi”, deb aytgan, lekin hal qilishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube videolarni Rossiya platformalariga uzatishni bloklagandi. Rossiya video platformalari YouTube’dan videolarni avtomatik ravishda uzatishda muammolarga duch kelgan. YouTube va VK Video orqali videolarni avtomatik uzatishda uzilishlar kuzatilgan.

LiveBarchasi