YouTube barcha videolarga reklama joylashni boshlaydi
Texnologiya
−
22 may 2021
6100YouTube rahbariyati 1 iyundan boshlab platformada joylashtirilgan barcha videolarda reklama paydo bo‘lishini e’lon qildi. bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Xizmat sheriklik dasturiga ulanmagan kanallarni ham monetizatsiya qilishni xohlaydi”, deyiladi kompaniya saytida.
Hosting shuningdek, AQSHdan tashqarida yashovchi blogerlar uchun soliqlar joriy qiladi. YouTube Premium, Superchat va homiylik orqali Qo‘shma Shtatlardagi videolardan olingan foyda soliq identifikatori, yuridik shaxs nomi va kanal nomi bilan soliqqa tortiladi. Bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, kompaniya daromadning 24 foizigacha ushlab qolish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Bunda tomoshabinlar videolarni reklamalarsiz ko‘rishni istasalar, YouTube Premium’ga obuna bo‘lishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube o‘zbek auditoriyasi uchun kanal mualliflarini moddiy rag‘batlantirishni to‘xtatgandi.
LiveBarchasi