Haydovchilar diqqatiga! Qaysi qoida buzilsa, qancha jarima to‘lanishini bilasizmi?
Bu qiziq
−
15 fevral 2019
324415Oramizda o‘z shaxsiy avtomashinasiga ega bo‘lgan yoki boshqa holatlarda ma’lum transport vositalarini boshqaradigan odamlar juda ko‘p. Biroq ularning hammasi ham yo‘l harakati qoidalari va uning ortidan bajarilishi shart bo‘lgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega emas. Bu esa har doim katta muammolarga sabab bo‘lgan. Xo‘sh ushbu holatlarni oldini olish uchun nima qilish kerak?
Avvalo transport vositalaridan muntazam foydalanadiganlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun to‘lanadigan jarima va javobgarliklar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu bir qancha muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Sababi jarima miqdorini ko‘rgan va bilgan haydovchilar kamdan-kam hollardagina qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yadi.
Quyida 2018 yil 1 noyabrda tasdiqlangan jarimalar miqdori keltirilgan.
• TV boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan, motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etilmasa – 101.365 so‘m;
• Tormoz tizim, rul boshqarovi, ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsati bo‘lmay tkrib qayta jihozlangan transport vositalari boshqarilsa – 202.730 so‘m;
• Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalari boshqarilsa yoki davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan bo‘lsa – 1.013.650 so‘m;
• Yuk tashish va shatakka olish qoidalari buzilsa – 1.013.650 so‘mdan 3 040 950 so‘mgacha;
• Ko‘zgusimon yoki tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan transport vositalaridan, xuddi shuningdek, haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanilsa – 202.730 so‘mdan 405 460 so‘mgacha;
• Transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish qoidasi buzilsa – 608.190 so‘m;
• Transport vositasini boshqarishda uning saloni old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan monitordan tele, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanilsa – 202.730 so‘m;
• Belgilangan harakat tezligini soatiga 20 km dan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborilsa – 202.730 so‘m;
• Belgilangan harakat tezligini soatiga 40 km dan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborilsa – 1.824.570 so‘m;
• Svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmasa – 405.460 so‘m;
• To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalari buzilsa – 608.190 so‘m;
• Yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashilsa – 608.190 so‘m;
• Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi barcha zaruriy hujjatlarisiz boshqarilsa - 202.730 so‘m;
• Transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslar transport vositalarini boshqarishsa, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarish topshirilsa – 1.013.650 so‘m;
• Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarsa – 202.730 so‘m;
• Transport vositasini mast xolatda boshqarsa - 5 068 250 so‘mdan 8 190 200 so‘mgacha;
• Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanilsa – 405.460 so‘mdan 1.013.650 so‘mgacha.
Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish nafaqat o‘z sog‘ligingizga yetishi mumkin bo‘lgan turli zararlardan himoyalaydi, balki jarimaga to‘lanadigan pulni o‘z oilangiz uchun sarflashingizga imkoniyat yaratadi.
LiveBarchasi