Yirtqich va zaharli hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan saqlash taqiqlanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni maxsus guvohnomalarsiz saqlash taqiqlanadi. Bu “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda. 

Qonun bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnomalarsiz yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan saqlash taqiqlanadi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda saqlash, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni hayvonot bog‘lari, terrariumlar, sirklar, okeanariylar, delfinariylar, tabiiy pitomniklar, ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun ilmiy va ta’lim tashkilotlarida saqlash faqatgina Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan guvohnoma asosida amalga oshirilishi belgilanadi. 

Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan. 

Qonun loyihasi yuzasidan fraksiyaning taklif va mulohazalari bildirilib, birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing