Yilning eng yaxshi sportchisi aniqlandi
Sport
−
06 dekabr 2023 9696 1 daqiqa
Amerikaning “Inter Mayami” klubida to‘p surayotgan argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messi “Time” jurnali talqiniga ko‘ra, 2023 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Bu borada “Manchester Siti” a’zosi Erling Holand ikkinchi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich esa 3-o‘rinni egalladi.
Messi Florida klubida 2023 yilning yozidan beri to‘p surmoqda. U jamoa sardori hisoblanadi. Messining MLS chempionatiga o‘tishi Amerika jamoatchiligida katta hayajonga sabab bo‘ldi. Argentinalik ishtirokidagi barcha o‘yinlarning chiptalari bir necha oy oldin sotilib ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter Mayami” klubi yillik abonementlarni sotib bo‘lgani xabar qilingandi. Endi klub o‘yinini ko‘rish istagida bo‘lgan abonementsiz muxlislar har bir o‘yin uchun chipta xarid qilishlari lozim.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025