Yilning eng yaxshi klubi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Globe Soccer Awards 2024 yilda Yevropaning eng yaxshi jamoasi sovriniga nomzodlarni e’lon qildi. Nomzodlar orasida “Arsenal”, “Atalanta”, “Barselona”, “Bayer”, “Bavariya”, "Borussiya Dortmund”, “Brest”, “Jirona”, “Inter”, “Liverpul” “Manchester Siti”, “Monako”, PSJ, “Real Madrid” va “Sporting” klublari bor.

Eng yaxshi ayollar jamoasi sovrini uchun “Roma”, “Barselona”, “Bavariya”, “Chelsi”, “Yuventus”, “Lion”, “Manchester Siti”, PSJ, “Real” va “Volfsburg” kurash olib boradi.

2023 yilda eng yaxshi erkaklar jamoasi sovrini Angliyaning “Manchester Siti” klubiga nasib etgan bo‘lsa, “Barselona Femini” yilning eng yaxshi ayollar jamoasi deb e’tirof etilgandi.

Qayd etish joiz, 2023/2024 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Real Madrid” va “Borussiya Dortmund” klublari o‘ynaydi. Yevropa ligasi finalida “Atalanta” va “Bayer” to‘qnash kelsa, “Olimpiakos” va “Fiorentina” jamoalari Konferensiyalar ligasi g‘olibligi uchun kurashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Arsenal PSJ Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made