Yilning eng yaxshi 100 futbolchisi e’lon qilindi
Sport
−
22 dekabr 1412 1 daqiqa
Buyuk Britaniyaning “The Guardian” gazetasi 2025 yilning eng yaxshi 100 futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi. Unda eng yuqori pog‘onani “Oltin to‘p” va FIFA'ning “The Best” mukofotlarini qo‘lga kiritgan Usmon Dembele egalladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reyting sobiq futbolchilar, murabbiylar va jurnalistlardan iborat hakamlar hay’ati ovozlari asosida tuzilgan. Dembeledan keyingi ikkinchi o‘rinda “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal o‘rin egallagan, kuchli uchlikni esa Vitinya yakunlamoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Kilian Mbappe, Harry Keyn, Erling Holand, Ashraf Hakimi, Rafinya, Muhammad Saloh va Pedri bormoqda. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ushbu reytingda 34-o‘rinni, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu esa 51-o‘rinni egallagan.
Ma’lumot uchun, Usmon Dembele o‘tgan mavsumda PSJ safida Fransiya chempionligi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmon Dembele PSJ safida Braziliyaning “Flamengo” klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Qit’alararo kubokni ham qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi