Yil yakunlari: O‘zbekistonda raqamli logistika qanday rivojlanmoqda
Biznes
−
15:00
990O‘zbekiston tobora mintaqaning jozibaliroq logistik xabiga aylanmoqda.
Xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” vakolatxonasining direktori Farid Vohidov yil sarhisobini chiqardi va arzon, lekin samarali raqamli yechimlar yuk tashuvchilar va yuk jo‘natuvchilarga yuzaga kelayotgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishda qanday yordam berayotgani haqida so‘zladi.
2024 yilda Xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi”ning O‘zbekistondagi foydalanuvchilar soni 2,5 barobarga o‘sdi va bu tarmoqdagi raqamli platformalar mashhurligining o‘sishiga dalolat qildi.
Fikringizcha, yuk sohiblari, ekspeditorlar, yuk tashuvchilarning logistikani avtomatlashtirishga qiziqishini nima bilan izohlash mumkin?
— Yuk tashish sohasini avtomatlashtirish – umumjahon trend. Butun dunyoda logistikani raqamlashtirishga xarajatlar 2031 yilgacha har yili 11,4% ga o‘sib boradi. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, ular allaqachon 36 mlrd dollardan oshgan.
O‘zbekistonda ham avtomatlashtirishga qiziqish o‘smoqda. Birinchidan, bunga respublika va Yevroosiyodagi barcha davlatlar iqtisodiyotlari uchun logistikaning ahamiyati oshganligi sabab bo‘ldi. Transport yo‘nalishlari qaytadan tuzilmoqda, “Buyuk Ipak Yo‘li” qayta tiklanmoqda. Agar oldinlari Xitoydan Yevropaga va teskari tomonga yuklar asosan Suvaysh kanali va Rossiya orqali o‘tgan bo‘lsa, endi Markaziy Osiyo orqali muqobil yo‘nalishlar bilan yuk tashish ko‘payib bormoqda. Xalqaro logistikani qurish uchun tarmoq jahon standartlariga muvofiq kelishi lozim. Raqamlashtirishsiz esa, buning iloji yo‘q.
Ikkinchidan, avtomatlashtirishning zamonaviy vositalari paydo bo‘lmoqda. Ular katta sarmoyalarsiz alohida logistika amaliyotlarini va umuman, yuk tashishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Masalan, “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” – bu yuk tashuvchilarga – yuk, yuk sohiblariga esa – ishonchli transport kompaniyalarini topishda yordam beradigan platformadir. Kompaniyalar yangi imkoniyatlardan foydalanib ko‘radilar va keyin eski jarayonlarga qaytgilari kelmay qoladi.
Uchinchidan, raqamlashtirish – bu o‘tkinchi moda emas, zaruratdir. Ko‘plab kompaniyalar buni tushunadi va hozirdanoq raqamli texnologiyalarga sarmoya kiritadi. Kompaniyalar moslashuvchanroq, samaraliroq hamda yangi chaqiriqlar va mijozlar so‘rovlariga tezkor munosabat bildira oladigan bo‘ladi.
Yana avtomatlashtirish logistikada bitimlar xavfsizligini oshiradi.
Keling, bitimlar xavfsizligi haqida batafsilroq so‘z yuritamiz. “ATI.SU birjasi”ning qanday vositalari yuk butligini ta’minlashda yordam beradi?
— “ATI.SU birjasi”ning asosiy funksiyasi – bu yuklar va ishonchli yuk tashuvchilarni izlash. Ayrim cheklovlar istisno qilinganda, u ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar uchun bepul xizmat qiladi.
Bozor ishtirokchilari kontragentlarni tekshirish uchun Birjaning imkoniyatidan faol foydalanadilar. Bunda “Ishtirokchi pasporti” yordam beradi, unda ko‘plab foydali ma’lumotlar mavjud. Chunonchi, “Reyting” qo‘yilmasida turli rangdagi yulduzlar shaklida ishtirokchining xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Yulduzlar ishtirokchi Birjada ishlarini qanday yuritganiga qarab beriladi. Shaffof yulduzlar akkaunt tasdiqlanmaganligiga ishora qiladi. Bu ishtirokchi Birjaga o‘zi haqida ma’lumot bermaganligini anglatadi. Qizil yulduzlar ishtirokchining akkaunti tasdiqlangan bo‘lsa-da, salbiy mulohazalarga egaligini ko‘rsatadi. Ba’zida u kompaniyaning hamkorlar bilan bahsli vaziyatni hal eta olmaganligiga bog‘liq bo‘ladi. Yashil yulduzli ishtirokchi, aksincha, ishonchlilik va professionalizmni namoyish etadi. Yulduzlar qancha ko‘p bo‘lsa, hamkorlikdan mamnun hamkorlar soni ham shuncha ko‘p sanaladi.
Shuningdek, “Reyting”da ishtirokchining “Vijdonsiz hamkorlar” forumida tilga olingani haqida qaydlar qo‘yiladi. Hamkorlik shartlarini buzgan va bu holatlar Birja yuristlari tomonidan tasdiqlangan kompaniyalarda shunday bo‘ladi.
Ishtirokchining harakatlari uning profiliga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar kompaniya yuk tashuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u buyurtmalar izlashi lozim. Agar yuk jo‘natuvchi bo‘lsa, tashish uchun yuk taklif qilishi kerak.
“ATI.SU yuk tashishlar birjasi” yana mijozlarga kontragentlarni tekshirish uchun bir nechta qo‘shimcha servislarni taklif etadi. Masalan, Rossiya va Qozog‘istondan hamkorlarni tanlash uchun “Svetofor+” servisidan foydalanish mumkin. U kompaniyaning ishonchliligini baholaydi, natijani hisobot va svetoforning uch rangidan biri shaklida signal ko‘rinishida taqdim etadi: qizil signal – kompaniya faoliyatini tugatgan, bankrotlik yoki tugatilish jarayonida; sariq signal – kompaniyada ma’lumotlar o‘zgargan, tafsilotni hisobotda aniqlash kerak; yashil signal – kompaniya vijdonan ishlaydi, qarzlar va qonun oldida muammolar yo‘q.
Qanday vositalar biznes marjinalligini oshirish imkonini beradi?
— O‘zbekistonda yuk tashishlar hajmi o‘sib borayotgani, lekin stavkalar ko‘tarilmayotganini ko‘ramiz. Biznesning marjinalligi yuqori emas, shu sababli kompaniyalar o‘z jarayonlarini optimallashtirishlari alohida ahamiyatlidir.
Birinchi navbatda, yuk tashuvchini izlash asosiy funksiyasi, xodimga ish kuni davomida ko‘proq yuk jo‘natishda yordam berib, logistlarning mehnat sarfini sezilarli qisqartiradi. Kompaniya esa logistika bo‘limini kengaytirmay turib o‘sish imkoniga ega bo‘ladi – oshib boradigan ish hajmini, raqamli platforma tufayli, mavjud ishchilarning o‘zlari uddalashadi.
2025 yilda biz O‘zbekistonda yangi servislarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Masalan, “Real yuk tashuvchi” servisi, u yuk jo‘natuvchiga uning kontragenti o‘z transportidan foydalanishiga va vositachi emasligiga ishonch hosil qilishda yordam beradi. Bu yuk sohibi uchun tashishlar narxini pasaytirish (vositachilar ustamasi 40 foizgacha yetishi mumkin), shuningdek logistik zanjirning xavfsizligi va shaffofligini oshirishda xizmat qiladi.
2025 yilda logistika bozorining taraqqiyotini qanday trendlar belgilaydi?
— Yangi global yo‘nalishlar shakllanishda davom etadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston xalqaro logistikaga faol integratsiyalanmoqda. Bu imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. O‘zbekistonlik logistika va transport kompaniyalari uchun ustuvor rivojlanish yo‘llaridan biri Xitoy yo‘nalishi bo‘ladi. Agar oldin Xitoydan va Xitoyga yuklarning katta qismi temir yo‘l orqali tashilgan bo‘lsa, bugungi kunda biz bu yo‘nalishda avtomobilda yuk tashish o‘sayotganini kuzatamiz.
Davlat yuk tashish sohasini raqamlashtirishning sur’atini jadallashtirishda davom etadi. Chunonchi, 2024 yilda O‘zbekistonda tovar-transport yuk xatlarini majburiy elektron ko‘rinishda rasmiylashtirish bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu bozor ishtirokchilarining ishini ancha soddalashtirdi va, masalan, chegaralardan o‘tish vaqtini qisqartiradi, qog‘ozbozchilik to‘siqlari va korrupsiya ehtimolini kamaytiradi.
Raqamlashtirish sari davlat kursi – tijorat sektorida avtomatlashtirish drayveri. Davlat organlari bilan ishlashda elektron hujjatlar odatiy tusga kirsa, biznes jon-jon deb kontragentlar bilan raqamli muloqotga kirishadi.
Biz 2025 yilda “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” foydalanuvchilarining soni sezilarli o‘sishini kutmoqdamiz. Va biz o‘zbekistonlik kompaniyalarning platformamizda ham texnik, ham funksional nuqtai nazaridan qulay ishlashlarini ta’minlashga tayyormiz.
Telefon: (+998) 90−821−00−52
Sayt: ati.su
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi