Yil sensatsiyasi: “Real” Segunda jamoasiga mag‘lub bo‘lib, kubokni tark etdi
Sport
−
15 yanvar 1814 1 daqiqa
Kecha, 14 yanvar kuni Ispaniya Qirollik kubogi 1/16 final bosqichi doirasida Madridning “Real” jamoasi safarda Segundaning “Albasete” klubiga 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Xavi Vilyar kiritgan gol “Albasete”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda, aniqrog‘i 45+3-daqiqada Franko Mastantuono hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasida Xefte Betankor yana bir bor mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda, 90+1-daqiqada Gonsalo Garsiya muvozanatni tiklovchi golni kiritdi. Biroq 90+4-daqiqaga kelib Xefte Betankorning navbatdagi goli o‘yin taqdirini hal qildi. Yakuniy hisob 3:2.
Shu tariqa, “Real Madrid” Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi ilk uchrashuvida Segundaning 17-o‘rnida borayotgan jamoaga mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Qirollik kubogini 1/16 bosqichida tark etdi.
Live
Barchasi